Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

YANGI UYLARDA BAYRAM SHUKUHI

Zarafshon shahri 13-kichik tuman hududida  6 ta yetti qavatli 616 xonadondan iborat bo‘lgan uy-joylar qurib bitkazildi. Ushbu 616 ta xonadondan iborat uy-joylar qurilishi “ZARAFSHON CITY QURULISH” MCHJ tomonidan amalga oshirildi.

Bugun ushbu yangi xonadonlarni topshirish tantanali tadbirida shahar hokimi Nazirbek Rahmanov ishtirok etdi. Tadbir davomida shahar hokimi soʻzga chiqib, Mustaqilligimizning 32  yilligi bayrami arafasida zamonaviy va koʻrkam xonadonlarga ega boʻlayotgan shahrimiz fuqarolariga oʻzining samimiy tilaklarini bildirdi. Shuningdek, shahrimizda shinam va koʻrkam turar-joy binolar barpo etayotgan “ZARAFSHON CITY QURULISH” MCHJ faoliyatiga zafarlar tiladi. Tadbir koʻtarinki ruh va yuqori kayfiyatda oʻtdi.
Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech