Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

Zarafshon shahar Yulduz madaniyat markazida “Bitiruvchilarga oq yoʻl” tantanali tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Zarafshon shahar Yulduz madaniyat markazida “Bitiruvchilarga oq yoʻl” tantanali tadbiri bo‘lib o‘tdi.

🔰Tadbirda Zarafshon shahar hokimi Nazirbek Rahmanov, shahar Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi, umumta'lim maktablar direktorlari, ota-onalar va bitiruvchi yoshlar ishtirok etishdi.

🔰Shahar hokimi Nazirbek Rahmanov  so'zga chiqib, ushbu o'quv yilida bitirayotgan 807 nafar bitiruvchi yoshlarni qutladi hamda mustaqil hayot ostonasida turgan bitiruvchilarga oʻz tilaklarini bildirdi.

✅Tadbir davomida 37 nafar oltin va 3 nafar kumush medallariga sazovor bo‘lgan bitiruvchi yoshlarga medallar va  sovg‘alar topshirildi. Bundan tashqari, xalqaro va respublika fan olimpiadalarida faxrli o‘rinlarni egallagan, muddatidan oldin oliy oʻquv yurtlariga qabul qilingan bitiruvchi o‘gʻil-qizlar ham munosib taqdirlandi.

✅Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, bitiruvchi yoshlardan 176 nafardan ortigʻi muddatidan oldin mahalliy va xorijiy oliy o‘quv yurti talabasi bo‘lish baxtiga muyassar bo‘lishganligi, shuningdek, xorijiy tilni bilish buyicha oʻtkazilgan imtihonlarda 160 nafar bitiruvchi yoshlar ishtirok etib, yuqori natijalar qayd etganligi eʼtirof etildi.






Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech