Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

O'QUVCHI VA USTOZLARI SHAHAR HOKIMI TOMONIDAN TAQDIRLANDI

O'QUVCHI VA USTOZLARI SHAHAR HOKIMI TOMONIDAN TAQDIRLANDI

Zarafshon shahrida 2022-yil 3-mart kuni Britaniya Menejment Universiteti bitiruvchi yoshlar uchun "Ochiq eshiklar" kuni va taqdirlash marosimi o'tkazildi. 
Tadbirda Zarafshon shahar hokimi Anvar Radjabov tomonidan 7 nafar IELTS va 7 ball, undan yuqori natijani ko'rsatgan yosh va ularning o'qituvchilari tashakkurnoma va shahar hokimligining esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

Ma'lumot uchun shuni aytish kerakki, hozirda 49 nafar bitiruvchi o'quvchilar bu universitetning muddatdan oldin talabasi bo'ldi. 

Tadbir yakunida xalqaro IELTS sertifikati bo'lmagan yoshlar uchun ingliz tili fanidan kirish imtihonlari tashkil qilindi. Tadbirda universitet rektori Zoom orqali muloqot qildi. Beznes aloqalar bo'yicha menejer Simon Pawley o'zining taqdimoti bilan universitet va uning imkoniyatlari haqida batafsil ma'lumot berdi.





Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech