Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

#ESLATMA

AZIZ  ZARAFSHONLIKLAR! 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Мahkamasining 12.04.2022-yildagi  
178-sonli qarori bilan Vazirlar Мahkamasining  2017-yil 2-martdagi 116-son qaroriga o‘zgartirishlar kiritilib, eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalari va ularning ogohlantiruvchi taloni hamda avtomototransport vositalarining ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalar-ularning berilgan sanasiga muvofiq holda;  

• 2010-yilgacha bo‘lgan davrda berilganlari – 2023-yil 31-martga qadar; 
• 2010–2012-yillarda berilganlari – 2023-yil 30-iyunga qadar; 
• 2013–2015-yillarda berilganlari – 2023-yil 30-sentabrga qadar; 
• 2015-yildan keyin berilganlari-2023 yil 31-dekabrga qadar muddatlarda yangi namunadagi guvohnomalarga almashtirish tartibi belgilangan. 

Shuningdek eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalari va avtomototransport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalar ularning berilgan sanasiga muvofiq holda: 

• 2010-yilgacha bo‘lgan davrda berilganlari 2023-yil 1-apreldan; 
• 2010-2012-yillarda berilganlari 2023-yil 1-iyuldan; 
• 2013-2015-yillarda berilganlari 2023-yil 1-oktyabrdan boshlab haqiqiy emas deb hisoblanadi. 

Yuqoridagi qaror talablari asosida belgilangan muddatda eski na’munadagi haydovchilik guvohnomasi va uning ogohlantiruvchi taloni hamda avtomototransport vositalarining qayd etish guvohnomalarini belgilangan muddatlarda almashtirishingizni  so‘raymiz.

Zarafshon shahar hokimligi Axborot xizmati 
Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech