Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

Zarafshon shahar Ma'naviyat va ma'rifat bo‘linmasi tomonidan shahar Axborot-kutubxona markazida umumta'lim maktablarining kutubxona mudirlari va kutubxona xodimlari bilan seminar tashkil etildi.

Seminar o‘tkazildi




#seminar

#Jinoyatchilikni oldini olish

♦️ Zarafshon shahar Ma'naviyat va ma'rifat bo‘linmasi tomonidan shahar Axborot-kutubxona markazida umumta'lim maktablarining kutubxona mudirlari va kutubxona xodimlari bilan seminar tashkil etildi.




🔹Seminarda Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Zarafshon shahar bo‘linmasi rahbari Dilafruz Bahronova,  shahar hokimligi din ishlari bo‘yicha bosh mutaxassisi Azamat Hamdamov, shahar Ma'rifat targ‘ibotchilar guruhi a'zosi Qunduz Karimova, shahar Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi xodimi Dilnoz Ashurovalar ishtirok etishdi.






♦️Seminarda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi faollari va bir guruh ma’rifat targ‘ibotchilarining O‘zbekiston xalqiga murojaatining mazmun va mohiyati, jinoyatchilikni oldini olish va uni profilaktika qilish, mahalladagi uyushmagan yoshlar bilan ishlash, yoshlarni kitobxonlikka qiziqtirish, ommaviy madaniyat, diniy ekstremizm va terrorizmning jamiyat barqarorligiga salniy ta'siri, missionerlik va prozelitizmning salbiy oqibatlari kabi masalalar muhokama etildi.





🔸Bundan tashqari seminar davomida ma'ruzachilar tomonidan mavzuga oid taqdimotlar qilindi. Hamkorlikdagi chora-tadbirlar ishlab chiqildi, takliflar asosida ishlar olib borilishi yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.


Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi 

Zarafshon shahar bo‘linmasi rahbari D. Bahronova


Repor
Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech