Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

SHAHARDA SEMINAR-TRENING O‘TKAZILDI

Bugun, Zarafshon shahar Yulduz madaniyat saroyida 2023-yil "Insonga e'tibor va sifatli ta'lim" yilida umumta'lim maktabarida o‘quvchilarning xorijiy tillarga bo‘lgan qiziqishini oshirishga qaratilgan "Til bilgan-el biladi" mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.  

Unda shahar hokimi  Nazirbek  Raxmanov ishtirok etib, seminarni ochib berdi.
Bundan tashqari seminarda shahar hokimi o‘rinbosari Obidjon Xakimov, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi shahar bo‘linmasi rahbari D.Bahronova  Yoshlar agentligi shahar bo‘limi rahbari A.G‘ulomov,  shahar XTB mudiri Z.Raximov, umumta'lim  maktablarining chet tili fani o‘qituvchilari va yoshlar ishtirok etdi.   Seminar davomida ta'lim sohasidagi yutuqlar hamda yoshlarni IELTS sertifikatlarini olish tartiblari bo‘yicha master-klass o‘tkazildi. Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.





Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech