Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

G'OLIBLAR TAQDIRLANDI

G'OLIBLAR TAQDIRLANDI

Shoh va shoir Bobur tavalludining 539 yilligi munosabati bilan shahar hokimligi, shahar Ma'naviyat va ma'rifat bo'linmasi tomonidan Axborot-kutubxona markazi, 7-son Bolalar musiqa maktabi, 3-ixtisoslashtirilgan maktab hamkorligida tadbir o'tkazildi

Bayram tadbirida shahar hokimligi davlat tili masalalari bo'yicha maslahatchi O.Xatamova, shahar Ma'naviyat va ma'rifat bo'linmasi rahbari D.Bahronova, shahar targ'ibotchilar guruhi a'zosi Q.Karimova, umumta'lim maktablarining MMIBDO'lari hamda 80 dan ortiq yoshlar ishtirok etdi.

7-sonli Bolalar musiqa maktabi o'quvchilari tomonidan sahna asari namoyish etildi. Bayram dasturida so'ngida shahar hokimligi Axborot xizmati, shahar Maʼnaviyat va maʼrifat bo‘linmasi tomonidan "Аjdodlar yodi" shiori ostida "Boburni yod etib" mavzusida o'tkazilgan videoroliklar tanlovining g'olib ishtirokchilari shahar hokimi, shahar Ma'naviyat va ma'rifat Kengashi raisining faxriy yorliq, tashakkurnoma, esdalik sovg'alari va "Kitob ulashamiz aksiyasi" doirasida kitoblar bilan taqdirlandi.

Zarafshon shahar Ma'naviyat va ma'rifat bo'linmasi rahbari





Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech