Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

BILASIZMI_BIZNES

#BILASIZMI_BIZNES_

O‘QUV MARKAZI OCHSANGIZ, SOLIQDAN IMTIYОZLAR BORMI?

Respublikamizda ta'lim biznesi bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan tadbirkorlar uchun yaxshigina imtiyozlar berilgan. Mazkur postda ta'lim muassasalari uchun berilgan soliq va boshqa imtiyozlar haqida: 

Birinchi navbatda, QQS dan to‘liq ozod etilgan.  O‘zbekiston Respublikasi soliq kodeksining  243-moddasining 10-bandiga asosan QQS dan to‘liq ozod etiladi. Bu degani siz o‘quv markazi bo‘lib faoliyat yuritsangiz, ya'ni NDS to‘lamaysiz. 

Ikkinchidan, Soliq kodeksining 428-moddasiga asosan ta'lim tashkilotlari yer solig‘idan ham ozod etilgan, ya'ni ta'lim tashkiloti biror bir binoga egalik qilsa, u mol-mulk solig‘i bilan birga o‘sha bino egallagan hududga bo‘lgan yer solig‘idan ham ozod etiladi. 

Uchinchidan, Soliq kodeksining 414-moddasi birinchi bandiga asosan ta'lim tashkilotlari mol-mulk solig‘idan ham ozod etiladi. 

To‘rtinchidan, Soliq kodeksining 337-moddasiga ko‘ra nodavlat ta'lim tashkilotlari foyda solig‘ini to‘lashdan ham ozod etilgan. 

Bundan tashqari, Prezidentning PQ-5161-sonli qaroriga asosan, 2021-yil 1-avgustdan 2024-yil 1-yanvarga qadar ta'lim jarayonida foydalaniladigan bino va inshootlar ijara to‘lovi xarajatlarining 50 foizigacha, biroq davlat ko‘chmas mulk obyektlaridan foydalanganlik uchun ijara to‘lovining qonunchilikda belgilangan minimal stavkasining 50 foiz miqdoridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplab berilishi belgilangan.

❗️Lekin bu qoida Toshkent va Samarqand shaharlari uchun tadbiq etilmaydi, sizning nodavlat ta'lim muassasangiz mana shu ikki hududdan boshqa hududda joylashgan bo‘lsa, siz mana shu imkoniyatdan foydalanishingiz mumkin. 

Agar sizning nodavlat ta'lim tashkilotingiz bo‘lsa va siz faoliyat yuritayotgan binoda siz ijara asosida faoliyat yuritayotgan bo‘lsangiz, davlat sizga ijara pulining 50 foizigacha bo‘lgan qismini to‘lab beradi.

Nodavlat ta'lim muassasi deyilganda faqatgina o‘quv markazlar nazarda tutilmayapti, balki o‘quv markazidan tortib oliy ta'limgacha va undan keyingi ta'lim bilan shug‘ullanuvchi barcha tashkilotlar nazarda tutiladi. Bog‘cha, maktablar ham shuning ichida.

Zarafshon shahar hokimligi Axborot xizma
Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech