Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

ZARAFSHON SHAHAR DAVLAT SOLIQ INSPEKSIYASI BOSHLIG‘INING I-YARIM YILLIK YAKUNI BO‘YICHA HISOBOTI VA TADBIRKORLARGA MUROJAATI

ZARAFSHON SHAHAR DAVLAT SOLIQ INSPEKSIYASI BOSHLIG‘INING I-YARIM YILLIK YAKUNI BO‘YICHA HISOBOTI VA TADBIRKORLARGA MUROJAATI

Soliq islohotlarining jadallik bilan amalga oshirilishi hamda soliq mexanizmlarining yanada soddalashishi natijasida, yashirin iqtisodiyot keskin qisqarib, soliq tushumlari sezilarli darajada ortmoqda.
Yarim yillik bo‘yicha 31341,5 mln.so‘m belgilangan kontengent reja haqiqatda  33359,2 mln.so‘mga (106,4%) bajarildi. Shuningdek, II chorak uchun mahalliy byudjet daromadlari rejasi 1907,8 mln.so‘mga ortirilib bajarildi.
Bugungi kunda “Soliqchi-ko‘makchi” tamoyili asosida soliq xizmati organlari tomonidan tadbirkorlar muammolari o‘rganilib, sayyor soliq maslahatlari ko‘rsatilmoqda.
Joriy yilning o‘tgan davrida 614 ta korxonalarning muammolari (faoliyat yuritmaslik, hisobot taqdim etmaslik, bank kreditlari...) o‘rganilib, ijobiy hal etildi. Boshqa tashkilotlar bilan bog‘liq masalalar qat’iy nazoratga olinib, hamkorlikda hal etish choralari ko‘rilmoqda.
Joriy yilning II choragida fuqarolarimizga (kontrak to‘lovlari bo‘yicha) imtiyoz natijasida hosil bo‘lgan 1949,5 mln.so‘m, yakka tadbirkorlarning 64,0 mln.so‘m va korxonalarning 322,4 mln.so‘m ortiqcha to‘lov summalari bank hisob raqamlariga qaytarib berildi.
Soliq imtiyozlari, soliq yuki va turlarining kamaytirilganligi to‘g‘risida tadbirkorlar o‘rtasida olib borilayotgan tushuntirish targ‘ibot ishlari natijasida 1010 ta norasmiy ish o‘rinlari qonuniylashtirildi.
O‘tkazilgan nazorat tadbirlari natijasida shahrimizda faoliyat ko‘rsatayotgan soliq to‘lovchilar tomonidan soliq bazasini kamaytirish, soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash, xaridorlarga xarid cheklari bermaslik, belgilangan tartibda shartnoma rasmiylashtirmasdan turar joy ob’ektlarini ijaraga berish, to‘lov intizomi buzish kabi holatlar aniqlanmoqda.
Zarafshon shahar Davlat soliq inspeksiyasi tomonidan olib borilgan nazoratlar tadbirlari va tushuntirishlar natijasida jami 220 ta holatda 1 667,2  mln.so‘m qo‘shimcha manba aniqlanib, qayta hisobotlar olindi. Shundan 213 ta holatda 1 417,0 mln.so‘m undirib olindi.
Hurmatli soliq to‘lovchilar! Biz soliq xizmati organlari xodimlari sizlarning muammolaringiz qonuniy hal etish, faoliyatingiz davomida yuzaga kelgan barcha tushunmovchiliklarga yechim topishda doimiy ko‘mak berishga tayyormiz.
Davlat soliq xizmati-insofli soliq to‘lovchilarning ishonchli hamkori.
Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech