Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

Ish haqini natura shaklida to'lash tartibi belgilandi


Xodim yoki uning oilasi iste'moli uchun ish beruvchi tomonidan ishlab chiqarilgan va yetishtirilgan oziq-ovqat hamda qishloq xo'jaligi mahsulotlari bilan hisob-kitob qilish;

🔹o'ziga xizmat ko'rsatilishi va uy xo'jaligini yuritishda ko'maklashish maqsadida uy xizmatchilarini yollagan ish beruvchilar tomonidan uy xizmatchilariga oziq-ovqat va vaqtincha yashash uchun uy-joy bilan ta'minlash shaklida hisob-kitob qilish.

📁Shuningdek, ish haqini natura shaklida to'lash sharti xodimning roziligi asosida u bilan tuziladigan mehnat shartnomasida ko'rsatiladi. 

Bunda ish haqining natura shaklidagi umumiy summasi 30 foizdan ortiq bo'lishi mumkin emas.

✅ Xodimning yozma roziligidan qat'i nazar uning ish haqidan:

▫️50 foizgacha miqdorda ushlab qolinsa – xodimga natura shaklida to'lanadigan ish haqining umumiy summasi 10 foizdan ortiq bo'lishi mumkin emas;

▫️50 foizdan ortiq miqdorda ushlab qolinsa – xodimga ish haqini natura shaklida to'lash taqiqlanadi.

🚫 Ish haqini natura shaklida to'lashda quyidagilar taqiqlanadi:

➖xodimning oylik mehnat haqi qonunchilikda Mehnatga haq to'lash yagona tarif setkasining birinchi razryadi bo'yicha belgilangan miqdordan oz bo'lganda, ish haqini natura shaklida to'lash;

➖qishloq xo'jaligi tovar va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar tomonidan taqdim etilayotgan mahsulotlarning narxini ularning tannarxidan yuqori belgilash;

➖alkogol, tamaki mahsulotlari, dori vositalari, kannabis o'simligi hamda qonunchilikda realizasiya qilish (berish) taqiqlangan o'simlik va boshqa qishloq xo'jaligi mahsulotlari bilan hisob-kitob qilish;

➖uy xizmatchilarini yollagan ish beruvchilar tomonidan taqdim etilayotgan oziq-ovqatlar narxini va uy-joydan vaqtincha foydalanganlik uchun to'lovlar miqdorini haqiqiy bozor narxidan yuqori narxda belgilash.
Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech