Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

XOTIN-QIZLAR UCHUN IMKONIYATLAR YANADA KENGAYADI

Bugun, Zarafshon shahar Konchilar mahallasida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Oila va xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-103-son qarori doirasida shahar Oila va xotin-qizlar bo'limi boshlig'i L.Tursunova tomonidan seminar tashkil etildi.

Seminarda, shuningdek, Respublika ishchi guruhi vakili, tijorat banklari vakillari, mahalla faollari hamda xotin-qizlar ishtirok etishdi.

Seminarda mazkur qaror doirasida xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlashning asosiy yo'nalishlari, jumladan, ularning bandligini ta'minlash, kasb-hunar va tadbirkorlikka o'qitish, shuningdek, oliy ta'lim olish imkoniyatlarini kengaytirish kabi masalalar to'g'risida aytib o'tildi. 

Tadbir davomida mahalladagi xotin-qizlar yangi imkoniyatlar haqida batafsil ma'lumot oldilar.
Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech