Seminarda, shuningdek, Respublika ishchi guruhi vakili, tijorat banklari vakillari, mahalla faollari hamda xotin-qizlar ishtirok etishdi.
Seminarda mazkur qaror doirasida xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlashning asosiy yo'nalishlari, jumladan, ularning bandligini ta'minlash, kasb-hunar va tadbirkorlikka o'qitish, shuningdek, oliy ta'lim olish imkoniyatlarini kengaytirish kabi masalalar to'g'risida aytib o'tildi.
Tadbir davomida mahalladagi xotin-qizlar yangi imkoniyatlar haqida batafsil ma'lumot oldilar.









