Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

ZARAFSHON SHAHAR TIBBIYOT BIRLASHMASIDA YUQORI TEXNOLOGIK JARROHLIK AMALIYOTI O‘TKAZILDI

Zarafshon shahar Tibbiyot birlashmasida RSHTYOIM Navoiy filiali mutaxassislari va  Zarafshon shahar politravma markazidagi mahalliy mutaxassislar bilan hamkorlikda navbatdagi yuqori texnologik jarrohlik amaliyoti bajarildi.
 
Amaliyot filial mutaxassislari F.M.Maxsudov, L.A.Amonov va Zarafshon politravma markazi mutaxassisi E.Axadovlar ishtirokida bajarildi.  

Boldir suyagi singan bemorda muvaffaqiyatli bajarilgan amaliyot bloklovchi intramedullyar osteosintez deb atalib, kam invaziv amaliyotlar turiga kiradi. Ayni vaqtda bemorning ahvoli yaxshi.

Ma'lumot uchun shuni aytish kerakki, ilgari bu kabi jarrohlik amaliyotlari poytaxtda va viloyat markazidagi tibbiyot muassasalardagina o‘tkazilgan bo'lsa, endilikda  shahrimizda ham amalga oshirilmoqda.
Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech