Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

ZARAFSHON SHAHAR TIBBIYOT BIRLASHMASIDA JARROHLIK AMALIYOTI O‘TKAZILDI

Zarafshon shahar Tibbiyot birlashmasi travmatolog shifokorlari tomonidan navbatdagi yuqori texnologik jarrohlik amaliyoti amalga oshirildi.

Zarafshon shahar tibbiyot birlashmasida bemorning chap boldir suyagini bloklovchi Intramedulyar osteosintezlash (BIOS) qilish jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli amalga oshirildi. 

Ma'lumot uchun shuni aytish kerakki, Ilgari bu kabi jarrohlik amaliyotlari poytaxtda va viloyat markazidagi tibbiyot muassasalarda o‘tkazilar edi.  Endi shahar aholisining ushbu turdagi kasalliklar uchun davo istab, vaqt va mablag‘ yo‘qotib poytaxtga va viloyat markaziga borishiga hojat qolmadi.  Ayni vaqtda bemorlarning ahvollari yaxshi.

Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech