Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

ZARAFSHON SHAHRIDA ILK BOR BUYRAK KOʻCHIRISH AMALIYOTI OʻTKAZILDI

Markazdan olis hududlarda aholining ortiqcha ovoragarchiliksiz malakali tibbiy xizmatlardan va imkoniyatlardan foydalanishi kengaymoqda.

Xususan, Zarafshon shahar Tibbiyot birlashmasida buyrak koʻchirish amaliyoti oʻtkazildi.

Murakkab amaliyot Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi transplantologiya boʻlimi xodimlari hamda shahrimiz shifokorlari hamkorligida amalga oshirildi. 

5 soat davom etgan tibbiy amaliyot davomida Zarafshon shahrida istiqomat qiluvchi fuqoralar 37 yoshli Isoqov Zarifjon oʻz akasi  44 yoshli Isoqov Salohiddinga chap buyragini berdi. Amaliyotdan soʻng aka-ukalarning ahvoli yaxshi.

Aytish joizki, bu kabi murakkab jarrohlik amaliyoti - buyrak transplantatsiyasi ilk bor Zarafshon shahrida muvaffaqiyatli bajarildi.

Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech