Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

"OTANING OQILLIGI - FARZAND KAMOLI" SHIORI OSTIDA "OTALAR KUNI" O'TKAZILDI

Zarafshon shahar 11-MFCHO‘IDU maktabida "Otaning oqilligi-farzand  kamoli"  shiori ostida "Otalar kuni"  o‘tkazildi. 

Oʻquvchilar tomonidan otalarga bagʻishlangan musiqiy dastur hamda  sahna ko'rinishlari namoyish etildi.  “Zukko ota, zukko bola” mavzusida tanlov, “Zakovat", "Zukko kitobxon" intelektual o'yinlari o'tkazildi. Tanlovda ishtirok etgan bolalarga kitoblar sovg'a qilindi.

Shuningdek, "Quvnoq startlar", "O'z qo'lim bilan yasayman",  loyihalari va "Farzandim kelajagiga befarq emasmаn" deb nomlangan psixologik treninglar tashkil etildi. 

Maktabdagi taʼlim-tarbiya jarayonida alohida oʻrnak koʻrsatayotgan, farzandlarining  aʼlo oʻqishi, namunali xulqi uchun hissa qoʻshgan otalar maktab maʼmuriyatining “Tashakkurnoma”lari bilan taqdirlandi. 

Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech