Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

Otalar yig‘ilishi o‘tkazildi

Zarafshon shahar 2-umumta'lim maktabida 28-oktabr kuni "Otalar kuni" munosabati bilan otalar yig‘ilishi o‘tkazildi. 

Otalar yig‘ilishida shahar Ma'naviyat va ma'rifat bo‘linmasi rahbari D.Bahronova,  shahar IIB mas'ul xodimi M.Saydullayev, maktab ma'muriyati va otalar ishtirok etdi. Yig‘ilish davomida so‘zga chiqqanlar farzand tarbiyasi va tarbiyada otalar mas'uliyati to‘g‘risida  fikr mulohazalar bildirildi. 

Hamda shu kuni otalar bilan  "Otam bilan men kitobxonmiz" shiori ostida noan'anaviy tadbir tashkillashtirildi. O‘quvchilar va otalar bir necha shartlar asosida bellashib, baholandi. Tadbir davomida sahna asarlari namoyish etildi.Tadbir so‘nggida faol otalar taqdirlandi. 
Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech