Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

#obod xonadon,  obod ko‘cha,  obod mahalla #Otalar yig‘ilishi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28 -avgust kunidagi ta'lim sohasi vakillari bilan kengaytirilgan yig‘ilishda berilgan topshiriqlari hamda Navoiy viloyati hokimining maktabgacha va maktab ta'limini rivojlantirish va kelgusidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan murojaatnomasida belgilangan topshiriq va vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida Zarafshon shahar 9-umumta'lim maktabining faollar zalida 2023 -yil 28 -oktyabr "Otalar majlisi"  bo‘lib o‘tdi. 

"Otalar majlisi"  yig‘ilishida maktab direktori A.Tumishova, "Yangi Zarafshon" MFY raisi I. Jaxongirov, "Yangi Zarafshon" MFY faxriylari, Zarafshon Nuroniylar jamg‘armasi bo‘limi boshlig‘i H.Ernafasov, Zarafshon shahar IIB profilaktika katta leytinanti  Sh.Alikulovlar ishtirok etdilar.Yig‘ilishni maktab direktori A.Tumishova olib bordi.  Maktab direktori tomonidan  amalga oshirilgan ishlar va ta'lim sifati hamda odob-axloq qoidalariga amal qilinishi borasida so‘z yuritildi.
Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech