Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

#JARAYON ZARAFSHON SHAHRIDA "MAHALLADA DUV-DUV GAP"

📢 Bugun, Zarafshon shahridagi "Geolog" mahallasi 12-maktab faollar zalida “YANGI HAYOT UCHUN, YANGI O‘ZBEKISTON UCHUN!” shiori ostida “Mahallada duv-duv gap” ma’naviy-ma’rifiy, madaniy-musiqiy tadbiri bo‘lib o‘tdi.

⏩ Shahar hokimi o‘rinbosari O.Xakimov,  viloyat Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi rahbari A.Muqimov, Zarafshon shahar 4-sektor rahbari, Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i Z.Shomurodov, shahar "Ma'rifat" targ‘ibotchilar jamiyati a'zolari,  madaniyat sohasi vakillari, mehnat faxriylari va mahalla aholisi ishtirokida o‘tkazilgan tadbir ishtirokchilar jo‘rligida davlat madhiyasini ijro etish bilan boshlandi. 

Shundan so‘ng,  tashkilotchilar hamda “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zolari, mehnat faxriylari va ziyolilar tomonidan yurtimizda ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar, bunyodkorlik ishlari, yurt tinchligi va  aholi farovonligini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar xususida ma’lumotlar berildi.  

⏩Shuningdek, shahar madaniyat bo‘limi xonandalari tomonidan ijro etilgan vatanni sevish, ezgulikni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar aholi vakillariga yuqori kayfiyat ulashdi.
Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech