Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

"MAHALLADA DUV-DUV GAP" MA'NAVIY-MA'RIFIY, MADANIY-MUSIQIY TADBIRI TINCHLIK MAHALLASIDA

#Yangi_hayot_uchun_yangi_O'zbekiston_uchun
#Tinchlik_mahallasida_

Yangi O‘zbekistonni bunyod etish yo‘lida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar hamda erishilayotgan yutuqlarni xalqimizga aniq hayotiy misollar va dalillar orqali sodda va tushunarli shakllarda yetkazish, aholining kayfiyatini ko‘tarish va dahldorligini oshirish maqsadida Zarafshon shahrida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Zarafshon shahar kengashi tomonidan  YANGI HAYOT UCHUN, YANGI O‘ZBEKISTON UCHUN! shiori ostida “MAHALLADA DUV-DUV GAP” tadbirlari o‘tkazilmoqda. 

5-yanvar kuni Zarafshon shahar "Yulduz" madaniyat markazida o‘tkazilgan tadbirda shahar hokimi o‘rinbosari L.Tursunova,  Navoiy davlat konchilik texnologiyalar universiteti prorektori J.Nazarov, dotsenti A.Tursunov, Zarafshon shahar "Ozarbayjon" milliy madaniyat markazi raisi S.Balayeva, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Zarafshon shahar bo‘linmasi rahbari D.Bahronova, shahar din ishlari bo‘yicha bosh mutaxassis A.Xamdamov, shahar IIB boshlig'i o'rinbosari F.Imomov,  ma'rifat targ‘ibotchilar jamiyati a'zolari hamda  mahalla faollari, xotin-qizlar, yoshlar ishtirok etishdi.                                                                                     
Tadbirda Prezidentimiz tomonidan 2023-yil 22-dekabr kuni o‘tkazilgan Ma’naviyat va ma’rifat Kengashida e’tirof etilgan g‘oyalar hamda ma’ruzaning mazmun-mohiyati  targ‘ib qilindi. Shuningdek, amalga oshirilayotgan islohotlar, bunyodkorlik ishlari, aholi farovonligini ta'minlash, tinchlik asrash borasida fikrlar bildirildi.

Shahar madaniyat bo‘limi, shahar ma'rifat targ‘ibotchilar jamiyati a'zolari tomonidan musiqiy-madaniy chiqishlar tashkil etilib,  fuqarolarga xush kayfiyat ulashildi.
Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech