Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

#Mustaqillik_32_yilligi #Zarafshon_shahri #Ma_naviyat_festivali ZARAFSHON SHAHRIDA MA'NAVIYAT FESTIVALI O‘TKAZILDI

O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun” shiori ostida “Ma’naviyat festivali” doirasida Zarafshon shahar "Yulduz" madaniyat uyida tadbir o'tkazildi.

Shahar "Yulduz" madaniyat  uyida o‘tkazilgan tadbirda shahar hokimligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Zarafshon shahar bo‘linmasi,  shahar Xotin -qizlar bo‘limi va Respublika  va shahar “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zolari, el suygan taniqli aktor, ijodkorlar, shoir va yozuvchilar, shuningdek, ma’naviyat va ma’rifat sohasida samarali mehnat qilib kelayotgan soha xodimlari, nuroniy va faxriylar, yoshlar keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar mustaqillik va tinchlikning oliy ne'mat ekanligi, yurtimizda olib borilayotgan keng islohotlar, har bir xalqning o‘zi uchun e’zozli, qiymatli bo‘lgan ma’naviy boyliklar, milliy qadriyatlar shuningdek, asrlar davomida avloddan-avlodga o‘tib kelgan, hozirgi kunda ham u o‘zining ahamiyati va qadrini yo‘qotmagan, shu xalqning iftixoriga aylangan durdonalar, qadriyatlar millatning yashash tarzi, til, ma’naviyat hamda madaniyati bilan uzviy bog‘liqligi to‘grisida so‘z yuritdilar.
Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech