Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

YANGI ZARAFSHON MAHALLASIDA "KONSTITUTSIYA BAXTIMIZ QOMUSI" SHIORI OSTIDA MA'NAVIY-MA'RIFIY TADBIR O‘TKAZILDI

"Obod xonadon", "Obod ko‘cha", "Obod mahalla" mezonlari asosida Yangi Zarafshon mahallasida 8-dekabr O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligini 31 yilligi  "Konstitutsiya baxtimiz qomusi" shiori ostida hamda Davlat madhiyasi qabul kun munosabati bilan ma'naviy-ma'rifiy, madaniy tadbir  o‘tkazildi.

Shahar hokimligi, shahar Ma'naviyat va ma'rifat markazi tashabbusi bilan o‘tkazilgan tadbirda bo‘linmasi rahbari D.Bahronova, viloyat kengashi deputati A.Tumishova, mahalla fuqarolari, yoshlar ishtirok etdi. Tadbirda so‘zga chiqqanlar ishtirokchilarni bayram bilan tabriklab,  mahallada amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari, infratuzilma yaxshilanib, fuqarolarga yaratilgan shart-sharoitlarni ta'kidlab o‘tishdi. Tadbir davomida "Yulduz" madaniyat markazi hamda iste'dodli yosh xonandalar tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar barchada xush kayfiyat ulashdi.

Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech