Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

ZARAFSHON SHAHAR MAHALLANI QO‘LLAB-QUVVATLASH KENGASHINING TASHKILIY YIG‘ILISHI

12-yanvar sanasida Zarafshon shahar "Yulduz" madaniyat markazida oʻtgan tadbirda shahar hokimi Nazirbek Rahmanov, sektor rahbarlari, mahalla raislari, tashkilot va korxona rahbarlari, hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari ishtirok etdi.

Tashkiliy yig‘ilishni shahar hokimi, mahallani qo‘llab-quvvatlash kengashi raisi Nazirbek Rahmanov olib bordi.

 Yig‘ilish kun tartibida:

— O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi bo‘g‘in sifatida ishlashini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-209-son Farmoni hamda “O‘zbekiston mahallalari uyushmasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-402-son Qarorida belgilangan ustuvor vazifalar to‘g‘risidagi;

— Davlatimiz Rahbari raisligida 2023-yil 22-dekabrda o‘tkazilgan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida belgilab berilgan mahalla tizimi faollari zimmasidagi ustuvor vazifalar to‘g‘risidagi;

— Mahallani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Navoiy viloyati kengashi tashkiliy yig‘ilishida ishtirok etish uchun delegatlarni saylash haqidagi masalalar ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilish davomida kun tartibidagi masalalar bo‘yicha ma’ruzalar eshitildi va masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar ham bildirildi.
Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech