








Tashkiliy yig‘ilishni shahar hokimi, mahallani qo‘llab-quvvatlash kengashi raisi Nazirbek Rahmanov olib bordi.
Yig‘ilish kun tartibida:
— O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi bo‘g‘in sifatida ishlashini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-209-son Farmoni hamda “O‘zbekiston mahallalari uyushmasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-402-son Qarorida belgilangan ustuvor vazifalar to‘g‘risidagi;
— Davlatimiz Rahbari raisligida 2023-yil 22-dekabrda o‘tkazilgan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida belgilab berilgan mahalla tizimi faollari zimmasidagi ustuvor vazifalar to‘g‘risidagi;
— Mahallani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Navoiy viloyati kengashi tashkiliy yig‘ilishida ishtirok etish uchun delegatlarni saylash haqidagi masalalar ko‘rib chiqildi.
Yig‘ilish davomida kun tartibidagi masalalar bo‘yicha ma’ruzalar eshitildi va masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar ham bildirildi.