Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

MAHALLA "YETTILIGI" NING FAOLIYATINI TASHKIL ETISH BO'YICHA O'QUV SEMINARI O‘TKAZILDI

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev rahbarligida joriy yilning 26-sentabr kuni mahallabay ishlash tizimini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari yuzasidan o'tkazilgan videoselektorda berilgan topshiriqlar ijrosini samarali tashkil etish bo'yicha Zarafshon shahar hokimi Nazirbek Rahmanov hamda sektor rahbarlari tomonidan mahalla raislari, yoshlar yetakchilari, hokim yordamchilari, xotin-qizlar faollari, tegishli tashkilot rahbarlari ishtirokida o'quv seminar tashkil etildi.

O'quv-seminar davomida sektor rahbarlari tomonidan seminar ishtirokchilarga mahalla "yettiligi" faoliyatini tashkil etilishidagi  asosiy vazifalar xususida taqdimot orqali  tushuncha va ko'rsatmalar berildi. Seminar kun tartibida belgilangan  masalalar yuzasidan ishtirokchilar bilan muloqotlar qilindi. 
Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech