Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

BAYRAM ARCHASI OLDIDA PREZIDENT  SOVG'ALARI TOPSHIRILDI

Ma’lumki, har yili yangi yil arafasida davlatimiz rahbari tashabbusi bilan har bir hududda “Prezident archasi” bayram tadbiri tantanali ravishda tashkil etiladi

Bugun mana shunday bayram shodiyonalari Zarafshon shahridagi “Oltin vodiy” madaniyat markazida bo‘lib o‘tdi.

Bayram tadbiriga Zarafshon shahar, Tomdi va Uchquduq tumanlaridan oilaviy bolalar uylari tarbiyalanuvchilari, kam ta’minlangan oila farzandlari taklif etildi.

Tadbirda Zarafshon shahri hokimi Nazirbek Rahmanov, Tomdi tumani hokimi o‘rinbosari N.Beknazarovlar so‘zga chiqib yangi yil bayrami munosabati bilan bolajonlarni tabrikladi.

Bezatilgan archa atrofida Qorbobo va Qorqiz, turli ertak qahramonlari ishtirokidagi teatrlashtirilgan tomoshalar davomida Prezident sovg‘alari bolajonlarga ulashildi.
Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech