Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

#bayram_shukuhi YANGI YIL BAYRAMI ARAFASIDA BOLAJONLARGA QUVONCH ULASHILDI

Zarafshon shahar "Umid" reabilitatsiya markaziga ega ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktab ta'lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari uchun Yangi yil munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda shahar hokimi o'rinbosari L.Tursunova ishtirokchilarni bayram bilan samimiy muborakbod etdi. Bayram archasi bezatilib, bayramga atab she’r, qo‘shiq va raqslar ijro etildi.  Shuningdek, bolajonlarga bayram sovg‘alari ulashildi. Qorbobo va qorqizning chiqishlarini bolajonlar zavq bilan tomosha qilgan bo‘lsalar, turli ertak qahramonlarining ko‘rsatgan tomoshalari ularga olam-olam quvonch baxsh etdi. Bayram tadbiri shahar madaniyat bo‘limining xonandalari tomonidan ijro etilgan kuy-qoʻshiqlar bilan davom etdi.

Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech