Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

#mustaqillikning_32_yilligi #bayram_shukuhi #Zarafshon_shahri #Qizilqum_o_yingohi YANGI HAYOT UCHUN, YANGI O‘ZBEKISTON UCHUN!

Zarafshon shahridagi "Qizilqum" markaziy o‘yingohida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi. Tadbir avvalida O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi ijro etildi. So‘ngra shahar hokimi Nazirbek Rahmanov bayram ishtirokchilarini, shahrimiz fuqarolarini bayram bilan samimiy muborakbod etdi. 

Tadbir ko‘tarinki ruh va yuqori kayfiyatda davom etdi. Bayram tadbirida shahrimizdagi "Oltin Vodiy" madaniyat uyi va "Yulduz" madaniyat markazining xushovoz xonandalari, yosh ijodkorlari o‘zlarining kuy-musiqalari va ajoyib chiqishlari bilan ishtirokchilarga yuqori kayfiyat ulashdi. "Qizilqum" markaziy o‘yingohida  o‘tkazilgan bayram tantanalarida 1000 ga yaqin sportchi yoshlarning chiqishlari o'tkazildi Mustaqillik bayramining 32 yilligi munosabati o'tkazilgan bayram tadbiri yakunida mushakbozlik o'tkazildi.
Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech