Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

"ISLOHOTLAR NATIJASINI ODAMLAR O‘Z HAYOTIDA, MAHALLASIDA SEZSIN"

Ma'lumki, Hurmatli  Prezidentimiz tomonidan hududlarni xususan, mahallalar ichki yo'llarini ta'mirlash, aholiga zarur sharoitlarni yaratish borasidagi tashabbuslari, farmon va qarorlari hayotga tadbiq etilib, tez fursatlarda uning ijrosiga qaratilgan islohotlar natijasida shahrimizda obod mahallalar, obod manzillar koʻpaymoqda.

Bu borada bugungi kunda Muruntov mahallasida ichki yoʻllarini taʼmirlash, asfaltlash boʻyicha amaliy ishlar qilinmoqda.

Bugun mahalla hududida amalga oshirilayotgan ishlarni nazorat qilish maqsadida Zarafshon shahar 1-sektor rahbari, shahar hokimi Nazirbek Rahmanov asfaltlash ishlari ketayotgan manzilga bordi. Loyihalar bilan tanishdi. Fuqarolar bilan samimiy muloqatlar qilindi. Muloqotlar davomida mahalla fuqarolari  uzoq yillar davomida aholi uchun qiyinchilik tugʻdirgan - yozda chang, qishda loy koʻchalar bugun obod bo'layotganligidan xursand ekanliklarini ta'kidladi.

Ayni vaqtda, mazkur ishlar doirasida yo‘llarda asfaltlash ishlari davom etmoqda.
Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech