Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

RAVON YOʻLLAR OBOD MANZILLAR SARI ELTADI

#JARAYON
"Islohotlar natijasini odamlar oʻz hayotida, mahallasida sezsin" Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev

Ma'lumki, Muhtaram Yurtboshimiz tomonidan hududlarni xususan, mahallalar ichki yo'llarini ta'mirlash, aholiga zarur sharoitlarni yaratish borasidagi tashabbuslari, farmon va qarorlari hayotga tadbiq etilib, tez fursatlarda uning ijrosiga qaratilgan islohotlar natijasida shahrimizda obod manzillar koʻpaymoqda

Bu borada bugungi kunda "Obod mahalla" dasturi doirasida Yangi Zarafshon mahalla fuqarolar yigʻini 5-7- kvartallarning ichki yoʻllarini taʼmirlash, asfaltlash boʻyicha amaliy ishlar qilinmoqda.

Bugun mahalla hududida amalga oshirilayotgan ishlarni nazorat qilish maqsadida Zarafshon shahar sektor rahbarlari - shahar hokimi N.Rahmanov, shahar prokurori Sh.Shernazarov, shahar IIB boshligʻi E.Yaxyoyev asfaltlash ishlari ketayotgan manzilga borishdi. Loyihalar bilan tanishdi. Fuqarolar bilan samimiy muloqatlar qilindi.

Aytish joizki, uzoq yillar davomida aholi uchun qiyinchilik tugʻdirgan - yozda chang, qishda loy koʻchalar bugun obod boʻlmoqda!

Ayni vaqtda, mazkur ishlar doirasida 2,9 km masofaga shagʻal yotqizish, 5,7 km masofaning 1,5 km qismiga asfaltlash ishlari amalga oshirilgan.
Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech