Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

YANGI ZARAFSHON MAHALLASI YO'LLARI OBOD, INSONLARI SHOD...

Yurtboshimiz tomonidan hududlarni xususan, mahallalar ichki yo'llarini ta'mirlash, aholiga zarur sharoitlarni yaratish borasidagi tashabbuslari, farmon va qarorlari hayotga tadbiq etilib, tez fursatlarda uning ijrosiga qaratilgan islohotlar natijasida shahrimizda obod manzillar koʻpaymoqda. 

Xususan, "Obod xonadon", "Obod ko'cha", "Obod mahalla" mezoni asosida Yangi Zarafshon mahallasida ulkan bunyodkorlik ishlari davom etmoqda. Uzoq yillardan buyon aholini qiynab kelgan muammolardan biri - qishda loy, yozda chang ko'chalar asfalt qilinib, aholi uchun munosib shart-sharoitlar yaratilmoqda!

Shahar hokimi Nazirbek Rahmanov va sektor rahbarlari asfaltlash ishlari ketayotgan manzilda bo'ldi. Yo'l infratuzilmasini yaxshilash, ichki ko'chalarda asfaltlash  bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlarni nazorat qildi. Mas'ullar ishtirokida manzillarda bo'lib, belgilangan ishlarni tashkil etish bo'yicha topshiriq va ko'rsatmalar berildi.
Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech