Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

BIR NURONIY OʻN YOSHGA MASʼUL KO'RIK TANLOVI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 11.03.2023-yildagi PQ-92-sonli "Keksa avlod vakillarini har tamonlama qo'llab-quvvatlash hamda  ularning ijtimoiy faolligini  oshirishga doir  qo'shimcha tadbirlar to'g'risida" gi qarorining ijrosini ta'minlash maqsadida bugun Zarafshon shahar "Yulduz" madaniyat markazida "Bir nuroniy oʻn yoshga maʼsul" koʻrik tanlovining shahar bosqichi oʻtkazildi. 

Ushbu ko'rik tanlov 3 ta shartdan iborat bo'lib, unda shahrimizning 5 nafar nuroniy otaxon va onaxonlari  faol ishtirok etishdi. Tanlovda hakamlar hayʼati aʼzolaridan tarkib topgan beshlik har bir shart uchun 10 ballik baholash meʼzonida shartlarni baholab borishdi. Ushbu ko'rik tanlovning faxrli  1-o'rnini egallab, "Konchilar" MFY sha'nini himoya qilgan nuroniy otaxonimiz Mardonov Mirzaqul tanlovning viloyat bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi. Shuningdek, " Eng faol nuroniy" faxriy yorlig'i va esdalik sovg'alari bilan  Muruntov MFY shaʼnini himoya qilgan ishtirokchi nuroniy otaxonimiz Arapov Kenisbek Abuovich taqdirlandi.

 Tanlovning "Eng bilimdon nuroniy" faxriy yorlig'i va esdalik sovg'alari bilan "O'zbekiston" MFY  shaʼnini himoya qilgan ishtirokchi nuroniy onaxonimiz Nasullayeva Moyira Zabibovna taqdirlandi.

Ko'rik  tanlovning faxrli 3-o'rnini "Bahor" MFY shaʻnini himoya qilgan ishtirokchi onaxonimiz Abduraxmanova Dilbar Qurbonovna egalladi.

Tanlov gʻoliblari esdalik sovgʻalar va pul mukofotlari bilan taqdirlanishdi.

Tadbir davomida "Yulduz" madaniyat markazining xushovoz xonandalari tomonidan kuy-musiqalar kuylanib, ishtirokchilarga xush kayfiyat ulashildi.
Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech