Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

“Mahallada duv-duv gap” loyihasi asosida maʼnaviy maʼrifiy tadbir o‘tkazildi

“Mahallada duv-duv gap” loyihasi asosida maʼnaviy maʼrifiy tadbir o‘tkazildi. 

Joriy yilning 8-sentabr kuni Zarafshon shahrida “Konchilar” MFY hududidagi Favvoralar sayilgohida "O‘zbekiston inson qadri ulug‘langan yurt" shiori ostida  “Mahallada duv-duv gap” loyihasi asosida maʼnaviy maʼrifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda Zarafshon shahar hokimi Nazirbek Rahmanov, viloyat Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi rahbari Akrom Muqimov, shahar hokimi o‘rinbosarlari, mahalla raislari, nuroniy otaxon va onaxonlar, yoshlar yetakchilari va yoshlar ishtirok etdi.

Tadbir doirasida shahar hokimi, Ma’naviyat va ma’rifat Kengashi raisi so‘zga chiqib, barchani mustaqilligimizning 31 yilligi va bayram bilan barchani samimiy tabrikladi. Hamda bitta mahalla kesimida Konchilar mahallasidan “Mahalladagi maʼrifatli ayol”, “Mahalladagi odobli qiz”, “Mahalla kelini” nomlariga munosib deb topilganlar taqdirlandi. Ularga milliy toʻn yopildi, esdalik sovgʻalari va kitoblar jamlanmalari topshirildi. “Siz tugʻilgan kun” loyihasi doirasida sovgʻalar topshirildi. “Bir nuroniy oʻn yoshga masʼul” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichida 1-o‘rinni egallagan faol nuroniy onaxon, mahalaning shifokor-hamshirasi shahar, 8-umumtaʼlim maktabi “Maʼnaviyatli sinf”ning 2 nafar o‘quvchilari ham e’tirof etilib, ibratli kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlandi.

Аytish mumkinki, bugungi kunda jamiyatimizning eng muhim instituti boʻlgan mahallalar har qanday islohotning dastlabki ijrochisi hisoblanadi. Аholini har tomonlama birlashtirish, madaniy aloqalarni mustahkamlash, yoshlarni barkamol qilib tarbiyalashda “qoʻlni qoʻlga berib” harakat qilish maqsadida mahallalar bilan birgalikda bir qator tadbirlar tashkillashtirilmoqda. Ushbu oʻtkazilgan tadbir ham aynan shuning davomidir. 
Tadbirda viloyat va shahar madaniyat boʻlimi xonandalari tomonidan mumtoz hamda shо‘x qoʻshiqlar ijro qilindi va ular barchaning qalbiga kо‘tarinki kayfiyat, cheksiz xursandchiliklarni tuhfa etdi. Raqslardan mahalla ahli о‘z shodliklarini yashira olmay davrani tо‘ldirib raqsga tushishdi. 

Tadbir yakunida “Inson qadri” mehr-muruvvat aksiyasi orqali mahalladagi 4 nafar yolgʻiz keksalar,  nogironligi bo'lgan oilalar holidan xabar olindi.

D.Bahronova shahar Ma'naviyat va ma'rifat bo'linmasi rahbari








Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech