Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

Sud raislari ayollar daftariga kiritilgan xotin qizlarga huquqiy ko‘mak berishdi.


Sud-huquq tizimidagi islohotlar, yangi qabul qilingan qonunlar va uning mazmun-mohiyati hamda huquqbuzarliklar profilaktikasi yuzasidan tuzilgan “Media reja” ijrosini taʼminlash, shuningdek “Mening mahallam-mening sudyam” gʻoyasi ostida hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining joriy yil 8-yanvardagi “Xotin-qizlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosi yuzasidan Zarafshon shahar “Konchilar” MFYda sayyor uchrashuv tashkil etildi. 
Mazkur sayyor qabulda Jinoyat ishlari boʻyicha Zarafshon shahar sudi raisi D.Xonboʻtayeva, Fuqarolik ishlari boʻyicha Zarafshon tumanlararo sudi raisi A.Shukurov, Zarafshon tumanlararo iqtisodiy sudi raisi Sh.Gʻofurov tomonidan Zarafshon shahar “Konchilar” MFYdagi fuqarolar hamda “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning muammolari oʻrganilib, ularga huquqiy tushuntirish va koʻmak berildi. 
Amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida 3 nafar xotin-qizlarning muammolari hal qilinib, ular tomonidan “Ayollar daftari”ning sud-huquq masalalari boʻyicha roʻyxatidan chiqish toʻgʻrisida ariza taqdim qilindi. 
Shuningdek, qabul jarayonida fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huhuqlar va qonuniy manfaatlarini buzilishi holatlarini oldini olish, ayollar va voyaga yetmagan yoshlar jinoyatchiligi kelib chiqish sabablari va ularni oldini olish, oilaviy ajrimlarni kamaytirish  yuzasidan tushuntirishlar berib oʻtildi. 
 
Sherzod Gʻofurov 
Zarafshon tumanlararo  
iqtisodiy sudi raisi
Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech