Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

Navoiy viloyatining qaysi hududida xususiy korxonalar ko‘proq joylashgan?

🏢 Viloyat statistika boshqarmasi ma’lumotlariga koʻra, 2024-yilning 1-yanvar holatiga Navoiy viloyatida jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 21 880 tani (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil qilib, shundan xususiy korxonalar soni 4 602 tani tashkil qildi. 

Xususiy korxonalar sonining eng ko‘pi quyidagi hududlarda qayd etilgan:

🔹Xatirchi tumani – 906 ta

🔹Zarafshon shahri – 581 ta

🔹Navoiy shahri – 665 ta

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha esa xususiy korxonalar quyidagicha taqsimlangan:

🔸savdo sohasida – 2 174 ta

🔸sanoat sohasida – 804 ta

🔸yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 344 ta

🔸qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 348 ta 

🔸qurilish sohasida – 232 ta

🔸boshqalar – 500 ta

Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech