Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

Qonunchilikka ko'ra:

#Amal_qiling 

🔰 Qonunchilikka ko'ra:

 (https://lex.uz/docs/111453#263768)🔹 umumiy foydalanishdagi elektr, issiqlik, gaz yoki vodoprovod tarmoqlariga tijorat maqsadlarida o'zboshimchalik bilan ulanish yoxud elektr energiyasini, tabiiy gazni, sovuq yoki issiq suvni hisobga olish asboblariga, shu jumladan ularning plombalariga qasddan shikast yetkazish yoxud hisobga olish asboblarining ko'rsatkichlarini o'zgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashish yo'li bilan talon-toroj qilish o'g'rilik hisoblanadi hamda mazkur huquqbuzarlik uchun 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo'llanilishi mumkin.

☑️ Shuningdek, ushbu huquqbuzarlikni oz miqdorda sodir etgan shaxslarga quyidagi ma'muriy jazo  (https://lex.uz/docs/97664#198117)choralari qo'llanilishi mumkin: 

▫️BHMning 10 baravaridan 20 baravarigacha (3 mln 300 ming so'mdan 6 mln 600 ming so'mgacha) miqdorda jarima; 
▫️yoki 15 sutkagacha muddatga ma'muriy qamoqqa olish.

⚠️ Basharti talon-toroj qilingan mulkning qiymati BHMning 30 baravaridan oshmasa, bunday talon-toroj oz miqdordagi talon-toroj qilish deb hisoblanadi.


Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech