Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

Yoshlar bilan samimiy uchrashuv

O‘quvchi yoshlarning huquqiy bilim va madaniyatini yanada oshirish, ularda qonunga hurmatda bo‘lish munosabatini shakllantirish, shuningdek yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish maqsadida sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda shahar xalq ta'limi bo‘limi o‘rtasida tuzilgan Memorandum ijrosini ta'minlash maqsadida Fuqarolik ishlari bo‘yicha Zarafshon tumanlararo sudi raisi A.Shukurov va Zarafshon tumanlararo iqtisodiy sudi raisi Sh.G‘ofurov tomonidan Zarafshon shahridagi 1-umumiy ta'lim maktabi o‘quvchilari ishtirokida “Kasbim - kelajagim”, “Inson huquqlari – oliy qadriyat” mavzularida davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbati davomida o‘quvchi yoshlarlarning hayotda o‘z o‘rinlarini topishlari, sog‘lom turmush tarzini tashkil qilish va yot g‘oyalarga berilmaslik borasida zarur maslahatlar berib o‘tildi va bu borada sud amaliyotidan misollar keltirildi.  

Anvar Shukurov,
Fuqarolik ishlari bo‘yicha 
Zarafshon tumanlararo 
sudi raisi


Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech