Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

MA'NAVIYATLI SINF BILAN ONLAYN UCHRASHUV O‘TKAZILDI

Joriy yilning 16-dekabr kuni Zarafshon shahar  8-informatika va axborot texnologiyalari chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim  maktabida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining Navoiy viloyati bo‘limi rahbari A.Muqimov tashabbusi bilan respublika ijtimoiy tadqiqot instituti prorektori o‘rinbosari, olima Munira Qahhorovna bilan 8-“B” "Ma'naviyatli sinf"ida “Yangi O‘zbekiston yoshlarining ma’naviyati” mavzusida ZOOM platformasi orqali onlayn “Ma’naviyat soati” darsi tashkil etildi.

Munira Qahhorovna o‘quvchi yoshlarga bugungi kunda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar haqida qisqacha to‘xtalib, o‘quvchilarni qiziqtirgan savollarga javob berdi.  o‘quvchilar tomonidan berilgan takliflarga o‘z fikr mulohazalarini  bildirdi.
Hamda Navoiy viloyati ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi rahbari A.Muqimov o‘quvchilarga  kitob — insonning eng yaqin do‘sti, xazinalar kaliti, tafakkur manbai bo‘lgani uchun ham xalqimiz uni nonday aziz, mo‘tabar va muqaddas deb hisoblashi haqida to‘xtaldi.  
Hamda uchrashuv davomida viloyat  ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi mutaxassisi I.Tursunov, shahar ma’naviyat marifat bo‘linmasi rahbari D.Baxranova, maktab direktori A.Iskandarova o‘quvchilarga o‘z fikr mulohazalarini bildirdi. O‘tkazilgan uchrashuv o‘quvchilarda kata tassurot qoldirdi.

Zarafshon shahar Ma'naviyat va ma'rifat bo‘linmasi rahbari D.Bahronova


Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech