Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

Jaholatga qarshi maʼrifat

Jaholatga qarshi maʼrifat

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2022-yil 18-noyabrdagi 2/18-1/3-74-sonli xati ijrosini taʼminlash maqsadida, joriy yil 22-noyabr kuni Zarafshon shahar Yulduz madaniyat uyida Zarafshon shahar kasb hunar maktabi oʻquvchi yoshlarining ilgʻor gʻoya, taklif va tashabbuslari bilan yaqindan tanishish, ularning muammolarini hal qilish hamda talaba-yoshlar oʻrtasida shahar hokimligi, shahar Ma'naviyat va ma'rifat bo‘linmasi, shahar Madaniyat bo‘limi hamkorligida "Jaholatga qarshi maʼrifat" muavzusida uchrashuv tashkil etildi. 

Uchrashuvda shahar hokimi oʻrinbosari, oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi L.Tursunova, shahar hokimligi Din ishlari boʻyicha bosh mutaxassis A.Xamdamov, Yoshlar ishlari Agentligi shahar boʻlimi boshligʻi A.Gʻulomov, shahar IIB voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha katta inspektor M.Fayzullayev hamda kasb-hunar maktabi direktorining yoshlar masalalari boʻyicha  oʻrinbosari F.Muradovlar ishtirok etishdi. 

Tadbirda soʻzga chiqganlar bugungi kunda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni va aholi turmush sharoitini yaxshilash, yoshlarni turli diniy ekstremistik oqimlar taʼsiridan asrash, estremistik mafkura va gʻoyalar ijtimoiy tarmoqlar, videoroliklar va noqonuniy adabiyotlarning tarqalishi yoshlarga salbiy taʼsiri, shuningdek murakkab va tahlikali vaziyatda biz uchun oilalarimiz, mahallalalarimizda, butun jamiyatimizda sogʻlom muhitni mustahkamlash, yoshlar tarbiyasi bilan jiddiy shugʻullanish, tinch-osuda hayotimizni, muqaddas dinimizdan gʻarazli maqsadda foydalanishga yoʻl qoʻymaslik, mamlakatimizda yaratilayotgan imkoniyatlardan toʻliq foydalanishmiz va eng asosiysi shukronalik kayfiyatini uygʻotish masalalarida soʻz yuritildi.
Tadbir soʻngida "Aldov qurboni boʻlmang" nomli videorolik namoyish etildi.

Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech