Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

Tarbiyada tanaffus bo'lmaydi

Tarbiyada tanaffus bo'lmaydi

Profilaktika kuni munosabati bilan Zarafshon shahar "Quruvchi" MFY hududidagi 8-sonli maktabing 8-9-10 sinf o'quvchilari o'rtasida “Ekstremizm va terrorizm-yoshlar kelajagiga tahdid”, hamda “Ommaviy madaniyat” bilan bog'liq mafkuraviy tahdidlarning oldini olishga qaratilgan profilaktik targ'ibot tadbiri tashkil etildi. Tadbirda shahar IIB maʼsul hodimi, shahar hokimining xotin-qizlar bo'yicha maslahatchisi, shahar maʼnaviyat va maʼrifat bo'linmasi rahbari hamda Din ishlari bo'yicha Zarafshon shahar bosh mutaxassisi hamkorligida tashkil qilindi. Tadbir davomida bugunki kunda yoshlarning boʼsh vaqtlarini mazmunli o'tkazilishlari, o'quvchilar foydalanayotgan telifon apparati orqali internetdan har qanday yot oqimlarga kerib ketishlari oldini olish, telefon apparatini taʼlim muassasasida olib kelmasliklari bo'yicha o'quvchi yoshlarga tushunchalar berib oʼtildi. Tadbir soʼngida oʼquvchilarga "Tafakkur ehtiyoji" nomli videorolik namoyish etildi.





Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech