Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

#PROFILAKTIKA☑️

#PROFILAKTIKA☑️

Chorshanba – "Favqulodda vaziyatlar va yong‘inlar profilaktikasi kuni" doirasida Navoiy viloyatining Zarafshon shahrida keng qamrovli targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilmoqda.
Zarafshon shahrida  mavsumiy sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlar, is gazidan zaharlanish, gaz-havo aralashmasining chaqnashi va yong‘inlarni oldini olish maqsadida daxldor xizmatlar bilan hamkorlikda profilaktik tadbirlar kuchaytirilgan tartibda olib borilmoqda. Mazkur tadbirlarda alohida e'tibor aholi xonadonlari, ta'lim maskanlari, savdo do‘konlarida yong‘in xavfsizligi holatini o‘rganish va aniqlangan kamchiliklarni joyida bartaraf qilishga qaratilmoqda.

Yahyo Haydarov
Zarafshon shahar FVB xodimi.

Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech