Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

Xalq bilan ochiq muloqotlarda murojaatlarni ijobiy hal etish, shuningdek, joylarda uchrayotgan muammolarga tezkor yechim topish maqsadida bugun Zarafshon shahar hokimi Nazirbek Rahmanov tomonidan Konchilar mahallasida sayyor qabul o`tkazildi

🔹Qabul jarayonida har bir fuqaro va yoshlarning murojaatini birma-bir tinglanib, joyida  ijoyib hal etilishiga alohida e'tibor qaratildi. Ushbu mahallada yashovchi fuqarolar moddiy yordam, tibbiy koʻrik, shartnoma-to‘lovi, bandlik va boshqa muammolar hamda takliflar bildirishdi. 

🔹Barcha murojaatlar nazoratga olinib, huquqiy tushuncha va maslahatlar berildi, ayrim masalalar joyida hal etildi, muddat talab qilgan murojaatlar yuzasidan tegishli ma'sullarga ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech