Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

3-MAKTABDA KITOB AKSIYASI O'TKAZILDI

3-MAKTABDA KITOB AKSIYASI  O'TKAZILDI

Malumki, Zarafshon shahar 3-ixtisoslashtirilgan maktabda xodimlar va oʻquvchilarni kitobxonlikka chorlash, ularning kitob mutolaasiga boʻlgan qiziqishlarini yanada oshirish va shu orqali maʼnaviy dunyosini boyitish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishga katta eʼtibor qaratilib kelinmoqda. Xususan, maktabda “Kitob yarmarkasi” tashkil etildi. Yarmarkada mashhur adib, yozuvchi, siyosatshunoslarning tarixiy, badiiy, detektiv hamda psixologik mazmundagi kitoblari kasb-hunar maktabi jamoasi tomonidan katta qiziqish bilan qabul qilindi, aksariyat adabiyotlar shu yerning oʻzida mutolaa qilish uchun xarid qilib olindi. Hamda 150 ta kitob, jami 2 million 100 ming so'mlik maktab kutubxonasiga topshirildi.
Aziz yurtdoshlar siz ham bizning safimizda boʻling!

Zarafshon shahar Ma’naviyat va ma’rifat boʻlinmasi
Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech