"OPEN BUDJET" PORTALIDA G'OLIB BO'LGAN LOYIHALAR BO'YICHA QURILISH-TA'MIRLASH ISHLARI BOSHLANADI
✅ Bugun shahar hokimi Nazirbek Rahmanov tegishli mas'ullar bilan birgalikda "Open Budjet" portalida g'olib deb topilgan loyihalar bo'yicha qurilish ishlari amalga oshiriladigan bir qator obyektlarda bo'ldi.
➡️Ushbu tashrif davomida hokim va mas'ullar Zarafshon shahrining 1-sonli politexnikumi, Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi, obelisk va boshqa ijtimoiy muhim obyektlarni ko'zdan kechirishdi.
➡️Jarayonda ushbu obyektlarda amalga oshiriladigan qurilish-ta'mirlash ishlari bo'yicha fikr almashildi. Shuningdek, hokim barcha loyihalar aholi farovonligini, yoshlarning ta'lim olish imkoniyatlarini oshirishga hamda zarur obyektlarni yangilashga qaratilganligini alohida ta'kidladi.