DataLife Engine / "OPEN BUDJET" PORTALIDA G'OLIB BO'LGAN LOYIHALAR BO'YICHA QURILISH-TA'MIRLASH ISHLARI BOSHLANADI

"OPEN BUDJET" PORTALIDA G'OLIB BO'LGAN LOYIHALAR BO'YICHA QURILISH-TA'MIRLASH ISHLARI BOSHLANADI

✅ Bugun shahar hokimi Nazirbek Rahmanov tegishli mas'ullar bilan birgalikda  "Open Budjet" portalida g'olib deb topilgan loyihalar bo'yicha qurilish ishlari amalga oshiriladigan  bir qator obyektlarda bo'ldi.

➡️Ushbu tashrif davomida hokim va mas'ullar  Zarafshon shahrining 1-sonli politexnikumi, Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi, obelisk va boshqa ijtimoiy muhim obyektlarni ko'zdan kechirishdi.  

➡️Jarayonda ushbu obyektlarda amalga oshiriladigan qurilish-ta'mirlash ishlari bo'yicha fikr almashildi. Shuningdek, hokim  barcha loyihalar aholi farovonligini, yoshlarning  ta'lim  olish imkoniyatlarini oshirishga hamda zarur obyektlarni yangilashga  qaratilganligini alohida ta'kidladi.

2-04-2025, 20:50
Вернуться назад