Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

YOSHLAR O'RTASIDA DXX KUBOGI MUSOBAQALARI BOSHLANDI

🏆Kuni kecha Navoiy viloyatida o‘tkazilgan "Sport maktablari futbol ligasi" chempionatida Zarafshon shahar sport maktabi hamda Progress futbol maktabining 18 nafar sportchisi 12 yoshlar toifasida viloyat birinchiligini qo‘lga kiritib, Respublika bosqichiga yo‘llanma olishgan edi.

⚽️Bugungi ochilish marosimida ramziy imzo chekilgan to‘p shahar hokimi Nazirbek Rahmanov tomonidan ushbu jamoa vakillari va ularning murabbiysi Shamshod Qobilovga topshirildi.

⚽️Shuningdek, tadbir davomida sport maktabini tamomlab, hozirda professional terma jamoalar tarkibida o‘ynayotgan zarafshonlik futbolchilar Murodali Usmonov, Shaxzod Akramov, Ozod Najmiddinov va Doston Ergashevlar ham alohida e'tirof etildi.  

⚽️Shundan so‘ng, ilk bellashuvlarga start berildi.

Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech