Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

#JARAYON #OBOD_SHAHAR #ZARAFSHON_SHAHRI

Zarafshon shahar hokimi Nazirbek Rahmanov shahrimizda yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, xususan, piyodalar uchun qulayliklar yaratish, obodonlashtirish, yo‘llarda ta'mirlash ishlarni nazorat qildi.

Xususan, yo‘lning chorraha qismida piyodalar o‘tish yo‘lagini ta'mirlash, aholiga qulaylik yaratish, yo‘lning qatnov qismi ikki yoni bo‘ylab obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini tashkil etish bo‘yicha tegishli mutasaddilarga topshiriq va ko‘rsatmalar berdi.

Shuningdek, fuqarolar murojaati manzilli o‘rganilib, ularni ijobiy hal etish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish belgilandi.
Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech