Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

➡️VILOYAT RAHBARI ZARAFSHON SHAHAR TIBBIYOT BIRLASHMASI FAOLIYATI BILAN TANISHDI

✅Bugungi kunda shahar Tibbiyot birlashmasi 3 ta oilaviy shifokorlik punktlari, 1 ta shahar tibbiyot birlashmasiga qarashli ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika, 140 o‘rinli shahar tibbiyot birlashmasiga qarashli markaziy shifoxona, yuqumli kasalliklar bo‘limi, bolalar bo‘limi, tumanlararo (Zarafshon shahri, Uchquduq va Tomdi tumanlari) perinatal markazini o‘z ichiga oladi. Birlashma 77833 nafar aholiga xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Shuningdek, zamonaviy tibbiy texnika va jihozlar bilan ta'minlandi.

✅Birlashmada murakkab jarrohlik amaliyotlari tashkil etilib, aholiga keng qulayliklar yaratilmoqda. Xususan, viloyatdagi tuman va shaharlar ichida ilk bor Zarafshon shahrida buyrak transplantatsiyasi muvaffaqiyatli amalga oshirildi.

✅Tashrif davomida tibbiyot xodimlari bilan muloqotlar qilindi. Tibbiy xizmat sifatini oshirish yuzasidan tegishli mutasaddilarga topshiriqlar berildi.

✅Navoiy viloyati hokimligi
Axborot xizmati

Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech