Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

ZARAFSHON SHAHRIDA "BIR ASRNING IKKI DAHOSI"  MAVZUSIDA BAYRAM DASTURI O‘TKAZILDI

Bugun, 9-fevral kuni Zarafshon shahar 7-sonli bolalar musiqa va san'at maktabida davlat va jamoat arbobi, shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi, shuningdek, shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligi  munosabati bilan ma'naviy-ma'rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda Zarafshon shahar hokimligi,  shahar  Ma'naviyat va ma'rifat bo‘linmasi rahbari D.Bahronova, shahar "Nuroniylar"  jamg‘armasi raisi H.Ernafasov,  "Oltin vodiy" gazetasi bosh  muharriri G.Bobomurodova,  shahar Axborot-kutubxona markazi,  7551-sonli  harbiy qism xodimlari ishtirok etdi.
Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech