Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

SHAHAR HOKIMI O‘RINBOSARI IJTIMOIY SOHA RAHBARLARI  BILAN UCHRASHDI

Zarafshon shahar hokimi o‘rinbosari  Obidjon Xakimov shahardagi ijtimoiy soha rahbarlari: umumta'lim maktab direktori ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari va psixologlari bilan uchrashdi. 

Unda shahar Ma'naviyat va ma'rifat bo‘linmasi rahbari D.Bahronova, shahar hokimligi din ishlari bo‘yicha bosh mutaxassis A.Hamdamov ishtirok etdi. 

Uchrashuv davomida muassasalarda ijtimoiy-ma'naviy muhit, ma'naviy-ma'rifiy, tarbiyaviy yo‘nalishda jamoa, yoshlar, ota-onalar bilan olib borilayotgan ishlar, mahalla bilan hamkorlik ishlari tahlil qilindi. 

Shuningdek, 2023-yilning 22-dekabr kuni Muhtaram Prezidentimiz tomonidan o‘tkazilgan Respublika Ma'naviyat va ma'rifat kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida hamda 2024-yil 5-fevralda o‘tkazilgan yig‘ilishda belgilab berilgan ustuvor vazifalarni keng targ‘ib etish va ushbu topshiriqlar ijrosini tashkil etish yuzasidan bajarilishi lozim bo‘lgan masalalar aytib o‘tildi.  Hamda tegishli  rahbarga topshiriq va tavsiyalar berild
Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech